Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Kadrlar siyosati

Yangilangan sana:  1 Noyabr 2023, 17:15

Xodimlar boshqaruvi tizimi bank mutaxassislari qobiliyatini o‘stirish, ish faoliyatini intensifikatsiya qilish (jadallashtirish), ularning innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirishlari, vakolat va mas’uliyatlarini oshirish bo‘yicha yangi qarorlar qabul qilishni talab qiladi. Kadrlar siyosatining asosiy maqsadi – bankni yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlash va peshqadam jamoani shakllantirishdan iborat. Bu maqsadlarni joriy etish uchun bank quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

 

         Yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlash:

         • xodimlarga bo‘lgan talabni o‘rganish, istiqbolni rejalashtirish, xodimlarni tanlash tizimini tashkil etish;

         •zahirani tashkil etish, xodimning xizmat darajasini ko‘tarib borish;

         • xodimlarning kasb o‘quvini tashkil etish.

 

          Motivatsiya tizimni takomillashtirish:

         •bank taraqqiyotiga hissa qo‘shuvchi xodimlarni rag‘batlantirish va mansabini ko‘tarish;

         •bank tarkibini optimallashtirish, uslubiy ishlar darajasini oshirish;

         •xodimlar bilan ishlash strategiyasini ishlab chiqish.

 

         Korporativ madaniyatni rivojlantirish:

         •kompleks dastur asosida korporativ madaniyatni oshirish uchun xodimlarni axborot bilan ta’minlash;

         •bank ijtimoiy-ruhiy muhitini yaxshilash.

 

          Kadrlar siyosatini optimallashtirish va uning mexanizmlarini takomillashtirish bevosita har bir xodimning sifatli va samarali ish yuritishi, mehnat faoliyatini yaxshilashi, malakasini oshirishi va shuningdek boshqaruv xodimlari zahirasini shakllantirish bilan bog‘liq.

          2017 yil davomida xodimlar bilan ishlash bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan yuqori malakali xodimlarni tanlab olish, ilg‘or jamoani shakllantirish va bank-moliya sohasidagi o‘quv muassasalari bitiruvchilari – yosh mutaxassislarni ishga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan komissiya tomonidan 2017 yilda o‘rta maxsus va oliy ma’lumotga ega 11 nafar yosh mutaxassislar ishga tanlab olindilar.

           «Octobank» AJ kadrlar siyosatini amalga oshirishdagi asosiy vazifalari yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlash, motivatsiya va korporativ madaniyat tizimini rivojlantirishdan iborat. Bank tomonidan Toshkent moliya instituti va Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti va boshqa oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari safidan yosh mutaxassislarni ishga jalb qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

            Yuqori malakali    xodimlarni tanlab olish va ilg‘or jamoani shakllantirish maqsadida bank 2017 yilda oliy va o‘rta maxsus ta’limga ega 20 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minladi.

           O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Sinditsirlangan kredit berish Markazi, Qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarini tayyorlash Milliy markazi, O‘zbekiston taraqqiyoti Xalqaro moliya-iqtisod markazi va boshqa o‘quv markazlarida hozirgacha 24 nafar xodim o‘qitildi.

            Bugungi kunda bank tizimida xodimlarning mehnat qilishlari uchun barcha sharoitlar mavjud, ta’til vaqtida dam olish va salomatlikni tiklashni tashkillashtirish tizimi tashkil etilgan.

            Ish beruvchi, xodim va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan imzolangan jamoatchilik shartnomasi asosida samarali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda.



Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
12559.86
13690.25
15994.98
136.62
14206.38
84.17
Sotib olish
12 500
13 500
15 000
100
10 000
50
Sotish
12 565
13 900
16 500
137
15 500
120
 
-10.14
-8.54
-34.28
-0.29
-29.18
-0.35
MB kursi - 19.03.2024 dan ma’lumotlar
Sotib olish/Sotish - 19.03.2024 09:03 dan ma’lumotlar
Sotish
Sotib olish
MB kursi

Octo-Mobile

Yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar uchun mobil ilova.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech