Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Hujjatli amaliyotlar (akkreditiv va kafolatlar)

Yangilangan sana:  27 Oktyabr 2023, 10:19

«Octobank» AJ tovarni yetkazib berish  va/yoki ish (xizmat)larni bajarish bo‘yicha xorijiy hamkor majburiyatlarini bajarilmaslik xatarini pasaytirish maqsadida tashqi savdo shartnomalar bo‘yicha hujjatlashtirilgan akkreditivlarni ochadi.

Akkreditivning o‘zi nima?
Akkreditiv – bu akkreditivni ochgan bankning sotuvchi nomidan xaridorga kelishilgan summani sotuvchi tomonidan akkreditivda ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etish sharti bilan to‘lash majburiyati. Tovarni import qiluvchi va eksport qiluvchi shuni hisobga olishi lozimki, akkreditivlar ular asoslangan oldi-sotdi shartnomalari yoki boshqa shartnomalardan alohidalashgan bitimni o‘zida namoyon etadi.

Hujjatlashtirilgan akkreditivlar yordamida hisob-kitoblarni amalga oshirish afzalliklari:

Import qiluvchilar uchun:

  • Hujjatlashtirilgan akkreditiv sotuvchi yetkazib berish bo‘yicha majburiyatlarni bajarilmasligi bilan bog‘liq xatarlarni sezilarli darajada pasaytirishga yordam beradi.
  • Akkreditivda tovar yuklab jo‘natilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan keyingina to‘lov amalga oshiriladi.
  • Akkreditivning mavjudligi oldindan to‘lash holatlarining yuzaga kelishini to‘liq yoki qisman voz kechishga imkon beradi. 

Eksport qiluvchilar uchun:

  • Akkreditiv shartlari bilan kelishilgan hujjatlarni taqdim etish bo‘yicha to‘lash kafolatlanganligi.
  • Ishlab chiqarish xatarini pasaytiradi, avvalambor, xaridor buyurtmani bekor qilgan yoki o‘zgartirgan hollarda
  • O‘z manfaatlarini hisobga olgan holda jadvalni tarkiblash imkoniyati.
  • Xaridor tovarga nisbatan har qanday e’tiroz bildirganda ham  to‘lashdan voz kecha olmaydi.

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
12559.86
13690.25
15994.98
136.62
14206.38
84.17
Sotib olish
12 500
13 500
15 000
100
10 000
50
Sotish
12 565
13 900
16 500
137
15 500
120
 
-10.14
-8.54
-34.28
-0.29
-29.18
-0.35
MB kursi - 19.03.2024 dan ma’lumotlar
Sotib olish/Sotish - 19.03.2024 09:03 dan ma’lumotlar
Sotish
Sotib olish
MB kursi

Octo-Mobile

Yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar uchun mobil ilova.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech