"Ravnaq-bank" AJda 05.01.2021 yildan ipoteka kreditlari
Shartlari:
- Muddati - 60 oygacha;
- Miqdori - uy-joy narxining 75 % dan ko'p bo'lmagan;
- Foiz stavkasi - yillik 28%;
- Ta'minot - kredit miqdorining 125%, ko'chmas mulk garovi ko'rinishida.
Ipoteka kreditini olish uchun zarur bo'lgan birlamchi hujjatlar ro'yxati:
1. Arizachining pasportining asl nusxasi
2. Asl nusxa - oxirgi 12 oydagi daromadlar to'g'risidagi ma'lumotnoma (olingan barcha daromadlar, to'langan soliqlar, boshqa daromadlar va xarajatlar to'g'risidagi ma'lumotlar, "olinadigan" oxirgi ustuni barcha chegirmalarni hisobga olmaganda), lavozimi, ushbu tashlkilotda ishlash davri (davomiyligi) ko'rsatilgan holda. Ish beruvchining STIRini ko'rsatgan holda.
3. Sotib olinayotgan xonadon uchun kadastr (mulk huquqi) hujjatlarining nusxasi.
4. Sotuvchi bilan oldi-sotdi shartnomasi.
5. Xonadonni mustaqil baholash.
6. Sotuvchi pasportining nusxasi.
Qarz oluvchiga qo’yiladigan talablar:
- Moliyaviy holati: har oyda to’lanadigan to’lovlarni amalga oshirish uchun yetarli daromad
- Ish tajribasi: kamida 1 yil