Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A



Valyuta operaciyalari bo’yicha 11

  • Qachon valyuta noqonuniy bozorini bartaraf etish choralari ko’riladi?
    Qachon valyuta noqonuniy bozorini bartaraf etish choralari ko’riladi?

    O’zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi Qonunining 18-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida barcha hisob-kitoblar va to’lovlar milliy valyutada amalgam oshiriladi, ushbu Qonunda ko’zga tutilgan hollar bundan mustasno. Shu bilan bir qatorda, mazkur Qonunga binoan respublika hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tijorat banklar orqali amalgam oshiriladi. Banklardan tashqari valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda sotib olish yoki sotish O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks va Jinoyat kodeksida belgilangan javobgarlikka sabab bo’ladi. Ta’kidlash joizki, mazkur qonun hujjatlarini buzgan aybdor shaxslarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tegishli choralar ko’rib boriladi. Bugungi kunda, O’zbekiston Respubliksi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoniga asosan valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish masalasi bo’yicha ishlar olib borilmoqda.
  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan xorijiy valyutalarni so’mga nisbatan kursi to’g’risidagi rasmiy ma’lumotlarni qanday olishimiz mumkin?
    O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan xorijiy valyutalarni so’mga nisbatan kursi to’g’risidagi rasmiy ma’lumotlarni qanday olishimiz mumkin?

    Xorijiy valyutalarni so’mga nisbatan kursi to’g’risidagi ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy saytida (www.cbu.uz) joylashtirilib boriladi. Mazkur ma’lumotlarni electron shaklda (Excel faylida) olish mumkin. Markaziy bankning saytidan olingan xorijiy valyutalarning kursi to’g’risidagi ma’lumotlar rasmiy hisoblanadi va so’rovchi tomonidan mazkur saytdagi ma’lumotlar qayta tekshirilib olinishi mumkin.
  • Milliy valyuta “so’m”ning xorijiy valyutalarga nisbatan kursi qanday o’rnatiladi?
    Milliy valyuta “so’m”ning xorijiy valyutalarga nisbatan kursi qanday o’rnatiladi?

    O’zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi Qonunning 15-moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo’yicha operaciyalar, milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan chet el valyutasiga bo’lgan talab hamda taklifning joriy nisbati asosida shakllanadigan almashuv kursi bo’yicha amalga oshiriladi. O’z navbatida, valyuta bozoridagi talab va taklif darajasi hamda almashuv kursining o’zgarishi mamlakatdagi makroiqtisodiyot vaziyat, xususan to’lov balansi, shu jumladan, tashqi savdo balansining holati kabi omillar ta’sirida shakllanib boradi.
  • Internet magazinlarda tovarlarni sotib olish uchun onlayn to’lovlarni qanday amalga oshirish mumkin?
    Internet magazinlarda tovarlarni sotib olish uchun onlayn to’lovlarni qanday amalga oshirish mumkin?

    Internet “magazinlar”da tovarlarni xarid qilishda onlayn to’lovlarni xalqaro to’lov kartalaridan (masalan, VISA, MasterCard va boshqalar) foydalangan holda amalga oshirish mumkin. Mazkur kartalar respublikamizning banklari tomonidan muomalaga chiqariladi.
  • Fuqarolar tomonidan chet el valyutasini sotib olish tartibini tushuntirib bering?
    Fuqarolar tomonidan chet el valyutasini sotib olish tartibini tushuntirib bering?

    Rezident-jismoniy shaxslarga tijorat banklar tomonidan chet el valyutasini xalqaro to’lov kartalaridan foydalangan holda naqdsiz shaklda sotish banklarning konversion operaciyalar bo’limlari orqali amalga oshiriladi. Bunda, resident-jismoniy shaxs chet el valyutasini sotib olish uchun tijirat bankining konversion operaciyalar bo’limiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (passport, O”zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki O’zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari uchun harbiy bilet) mijozning nomiga ochilgan xalqaro to’lov kartasi hamda valyuta ayirboshlash operaciyalarini amalgam oshirish uchun milliy valyutada bank hisob-raqamida yetarli miqdorda pul mablag’lari mavjud bo’lgan shaxsiy bank kartasini taqdim etganda amalga oshiriladi. Rezident-jismoniy shaxslarning shaxsiy kartasida yetarli miqdorda milliy valyutadagi mablag’ bo’lmagan taqdirda, shaxsiy karta emitent bankning istalgan filialida naqd milliy valyutani bank kassasiga topshirish orqali to’ldirilishi mumkin. Shaxsiy kartada milliy valyutadagi mablag’ yetarli bo’lganda, resident-jismoniy shaxs tomonidan bankka chet el valyutasini sotib olish uchun ariza orqali murojaat etiladi. Milliy valyutadagi mablag’ tijorat bankning operaciya bajariladigan kundagi chet el valyutasini sotish kursi bo’yicha to’lov terminali orqali yechib olinadi va rezident-jismoniy shaxsning xalqaro to’lov terminali orqali yechib olinadi va resident-jismoniy shaxsning xalqaro to’lov kartasiga o’tkazib beriladi. Bank va rezident-jismoniy shaxs o’rtasidagi munosabatlar chet el valyutasida bank hisobvaraqalarini ochish bo’yicha ikki tomonlama shartnoma talablari asosida tartibga solinib, mazkur shartnomada xalqaro to’lov kartasidan foydalanish qoidalari ko’rsatiladi.
  • Tashqi savdo operatsiyalarining yagona electron axborot tizimiga (TSOYaEAT) yangi shartnomalar hamda ularga o’zgartirish kiritish tartibini tushuntirib bering?
    Tashqi savdo operatsiyalarining yagona electron axborot tizimiga (TSOYaEAT) yangi shartnomalar hamda ularga o’zgartirish kiritish tartibini tushuntirib bering?

    Tashqi savdo shartnomalari bo’yicha axborotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona electron axborot tizimiga (TSOYaEAT) kiritish “E-Kontrakt” yoki “VED kontrakt” dasturlari orqali amalga oshiriladi. Ushbu dasturlarda ishlash tartibi xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan tushuntiriladi. Shuningdek, xizmat ko’rsatuvchi banklar Tashqi savdo shartnomalari bo’yicha axborotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona electron axborot tizimiga (TSOYaEAT) kiritishda ham yordam berishlari mumkin.
  • Tashkilotimizning hisob raqamiga xorijiy tashkilotlardan beg’araz moliyaviy yordam kelib tushishi kerak. Ushbu mablag’larning tashkilotimiz hisob raqamiga o’tkazish tartibini tushuntirib bering?
    Tashkilotimizning hisob raqamiga xorijiy tashkilotlardan beg’araz moliyaviy yordam kelib tushishi kerak. Ushbu mablag’larning tashkilotimiz hisob raqamiga o’tkazish tartibini tushuntirib bering?

    Qonunchilikka muvofiq beg’araz yordam oluvchilarning hisobvaraqlariga xizmat ko’rsatish O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va “Asaka” aksiyadorlik tijorat bankining zimmalariga yuklangan. Shu munosabat bilan, hisob raqamingizga xorijiy tashkilotlardan beg’araz yordam mablag’lari kelib tushganda O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va aksiyadorlik tijorat banklariga maxsus hisob raqam ochish uchun murojaat etishingiz zarur. O’z navbatida, kelib tushgan mablag’larni sizning maxsus hisob raqamingizga o’tkazish uchun yuqoridagi banklarga topshiriqnoma berishingiz lozim.
  • Bizning tashkilotimiz xorijiy korxona bilan qarz shartnomasi imzoladi. Ushbu shartnomaga ko’ra tashkilotimiz hisob raqamiga xorijiy valyuta kelib tushishi lozim. Mazkur mablag’lar bizning bank hisob raqamimizga o’tkazilishi uchun nima qilishim kerak?
    Bizning tashkilotimiz xorijiy korxona bilan qarz shartnomasi imzoladi. Ushbu shartnomaga ko’ra tashkilotimiz hisob raqamiga xorijiy valyuta kelib tushishi lozim. Mazkur mablag’lar bizning bank hisob raqamimizga o’tkazilishi uchun nima qilishim kerak?

    Qonunchilikka muvofiq tashqi qarzni jalb etish bilan bog’liq valyuta operatsiyasini amalga oshirish uchun talab qilib olguncha asosiy hisob raqami oshilgan bankka ariza, qarz shartnomasi va unga tegishli hujjatlarni topshirish lozim. Bunda hujjat matni davlar yoki rus tilida bayon etilgan bo’lishi, agar hujjar matni boshqa tilda bayon etilgan bo’lsa, u legallashtirilgan yoki unga belgilangan tartibda apostil qo’yilgan bo’lishi hamda davlat yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan bo’lishi kerak. Yuqoridagi hujjatlar topshirilgandan so’ng bank qarz shartnomasi bo’yicha kelib tushgan mablag’larni korxonaning hisob raqamiga o’tkazadi.
  • Men O’zbekiston fuqarosiman. Mening akam xorijdan pul o’tkazmasi (Western Union, MoneyGram va boshqalar) tizimi orqali nomimga pul yubormoqchi. Ushbu pul o’tkazmalarini xalqaro pul o’tkazmalari orqali olishimda to’siqlar mavjudmi? Mazkur mablag’larni xori
    Men O’zbekiston fuqarosiman. Mening akam xorijdan pul o’tkazmasi (Western Union, MoneyGram va boshqalar) tizimi orqali nomimga pul yubormoqchi. Ushbu pul o’tkazmalarini xalqaro pul o’tkazmalari orqali olishimda to’siqlar mavjudmi? Mazkur mablag’larni xorijiy valyutada olsam bo’ladimi?

    Amaldagi qonunchilikka ko’ra jismoniy shaxslar O’zbekiston Respublikasiga olib kiritilgan va jo’natilgan, shuningdek O’zbekiston Respublikasidan olib chiqilgan va jo’natilgan valyuta boyliklariga ega bo’lishi va ushbu valyuta boyliklarini erkin tasarruf etishi mumkin. Xalqaro pul o’tkazmalari jismoniy shaxslar tomonidan xech qanday to’siqlarsiz amalga oshiriladi va xalqaro pul o’tkazmalari orqali yuborilgan pul mablaglari yuborilgan xorijiy valyutada qabul qilinadi.
  • Bizning tashkilotimizda O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ishlashga ruxsat olgan chet el fuqarolari ishlaydi. Ular oylik maoshini milliy valyutada oladi va o’z faoliyati doirasida respublikaning turli viloyatlariga xizmat safarlarini ama
    Bizning tashkilotimizda O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ishlashga ruxsat olgan chet el fuqarolari ishlaydi. Ular oylik maoshini milliy valyutada oladi va o’z faoliyati doirasida respublikaning turli viloyatlariga xizmat safarlarini amalga oshirishadi. Ularning mehmonxonada yashash haqqi bizning hisob raqamimiz orqali mehmonxonaning hisob raqamiga o’tkazilardi. Hozirda mehmonxonalar ishchilarimizning mehmonxonada yashash uchun to’lovni xorijiy valyutada amalga oshirishimizni so’rashmoqda. Mehmonlarning yuqoridagi talablari qonuniymi?

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4861-sonli Farmoniga asosan O’zbekiston Respublikasi hududida mehmonxonalarda va boshqa joylashtirish joylarida xorijiy fuqarolarga hamda O’zbekiston Respublikasi hududida mehmonxonalarda va boshqa joylashtirish joylarida xorijiy fuqarolarga hamda O’zbekiston Respublikasida doimiy turar joyiga ega bo’lmagan, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga, joylashtirish bo’yicha xizmatlarga shu jumladan turizm faoliyati sub’ektlari orqali haq to’lash faqat erkin almashtiriladigan valyutada amalgam oshiriladi, ular uchun to’lov respublikaning taklif etuvchi davlat va byudjet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan holatlar bundan mustasno.
  • O’zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasa sifatida olib boruvchi norezidentning ishchilari-jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga ish haqi uchun qarzdorlikni qoplash hisobidan xorijiy valyutadagi pul mablag’larini doimiy muassasa o’tkaza ola
    O’zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasa sifatida olib boruvchi norezidentning ishchilari-jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga ish haqi uchun qarzdorlikni qoplash hisobidan xorijiy valyutadagi pul mablag’larini doimiy muassasa o’tkaza oladimi?

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 24 oktyabrdagi “Respublikada naqd xorijiy valyuta muomalasini tartibga solish choralari to’g’risida”gi PF-1601-sonli farmoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida yuridik va jismoniy shaxslar rezidentlar va norezidentlar, shu jumladan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan barcha turdagi ishlar va xizmatlar haqini, shu jumladan maosh va unga tenglashtirilgan to’lovlarni berishda naqd xorijiy valyutada hisob-kitoblar hamda to’lovlarni berishda naqd xorijiy valyutada hisob-kitoblar hamda to’lovlarni amalga oshirishlari qat’iyan man qilingan. Mazkur to’lovlar O’zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasida, shuningdek so’mlarni respublika tijorat banklaridagi tegishli hisobvaraqlarga o’tkazish yoli bilan amalga oshirilishi mumkin. Norezidentlar uchun to’lovlar yuqorida ko’rsatilgan to’lov shakllari bilan bir qatorda xorijiy valyutani ularning O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi valyuta hisobvaraqlariga o’tkazish yoli bilan amalgam oshirilishi mumkin.

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 CHF
1 JPY
MB kursi
8460.92
9439.00
10760.60
8373.00
76.87
Sotib olish
8440
8700
10600
8200
76
Sotish
8500
9600
10900
8500
78
 
2.76
-62.05
-234.16
11.83
-0.06
21.05.2019 dan ma’lumotlar
Продажа
Покупка
ЦБ Руз

Ravnaq-mobile

Yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar uchun mobil ilova.
Saytimizga hush kelibsiz
ID.uz orqali
Foydalanuvchi bo'lib kirish
Agar siz ushbu xizmatlarning birida ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, saytga kirishingiz mumkin:

Инструкция по авторизации через ESI.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech