Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Bankning biznes rejasi 2018 yilda «Ravnaq-bank» Xususiy aksiyadorlik tijorat banki (keyingi matnda – Bank) rivojlanishining strategik yo‘nalishlarini belgilaydi, maqsad va vazifalarni shakllantiradi, Bankning istiqbolli bozor, mahsulot, tuzilma, foydalilik va xatar profiliga tegishli bo‘lgan qarorlarni qabul qilish uchun konseptsual asos hisoblanadi.  

Mazkur Biznes reja Bankning O‘zbekiston Respublikasi bank va moliya sektorida faol ishlarni olib borish uchun asos bo‘lmaydi.

2018 yil uchun maqsadli mo‘ljallar.

Bankning prognoziga ko‘ra 2018 yilda tijorat banklar aktivlarining o‘rtacha o‘sishi kamida 25 %ni tashkil etadi (2017 yil 9 oy yakuniga ko‘ra 2016 yilning shu davriga nisbatan o‘sish 212%ni tashkil etgan. Tijorat banklar aktivlarining yuqori o‘sishi milliy valyutaning devalvatsiyasi hisobiga ro‘y bergan). Bunda eng yuqori o‘sish sur’atlari kichik va xususiy banklar guruhida kuzatilib, ularning yillik o‘sish darajasi 35% va undan ortiqni tashkil etadi.

Bank 2018 yilda yanada keskin rivojlanishini ta’minlash  va bank xizmatlar bozorida raqobat pozitsiyalarini mustahkamlash uchun zarur bazasini yaratishni rejalashtirgan. Bank o‘z salohiyatidan hamda asosiy aksiyadorlar va hamkorlarning maqsadlaridan kelib chiqib, 2018 yilda aktivlar o‘sishini eng kamida 41 %ga oshirishga prognoz qiladi:

Tijorat faoliyatining maqsadli bozorlari va ularning rivojlanishi.

Bank 2018 yilda uchta strategik yo‘nalishlarda bank biznesini rivojlantirishni rejalashtirgan: korporativ, tijorat va chakana. Bunda kerakli mijozlar bazasini yaratish va barqaror kirimlar manbalarini ta’minlash uchun tez va kam harajat talab qiladigan yo‘nalishlar sifatida korporativ va tijorat biznesni rivojlantirishga e’tibor qaratiladi.

2018 yilda chakana biznes bozor kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda rivojlanashi lozim bo‘lgan qo‘shimcha biznes yo‘nalishi sifatida qaraladi.        

Maqsadli tijorat faoliyati bozorlarni rivojlanishini ta’minlash.

Bankning tijorat faoliyati rivojlanishini ta’minlash hamda biznes reja parametrlarini bajarish uchun  zarur asos va yanada rivojlanish uchun moddiy-texnika bazasini yaratish bo‘yicha asosiy ustuvor yo‘nalishlar quyidagilar hisoblanadi:

  • Bank infratuzilmasini rivojlantirish.
  • Mijozlar bazasini kengaytirish.
  • Moliyaviy ta’minot.
  • Biznesni boshqarish.
  • Xatarni baholash va boshqarish.

Bankning ustuvor rivojlanish yo‘nalishlari hamda salohiyatli imkoniyatlardan kelib chiqqan holda 2017 yil oxirida mutlaq moliyaviy ko‘rsatkichlarning o‘sishi prognoz qilinmoqda:

  • Aktivlarni - 480 931,1 mln. so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorgacha;
  • Kapitalni - 111 493,6 mln. so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorgacha;
  • Foydani - 4 208,9 mln. so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda;
  • Aktivlar rentabelligini - 0,9%dan kam bo‘lmagan miqdorda;
  • Kapital rentabelligini - 3,8%dan kam bo‘lmagan miqdorda

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 CHF
1 JPY
MB kursi
8392.20
9477.31
10816.71
8350.45
75.96
Sotib olish
8370
9400
10700
8200
75
Sotish
8440
9600
11000
8500
77
 
-2.95
-32.72
-52.49
-44.70
-0.55
19.02.2019 dan ma’lumotlar
Продажа
Покупка
ЦБ Руз

Ravnaq-mobile

Yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar uchun mobil ilova.
Saytimizga hush kelibsiz
ID.uz orqali
Foydalanuvchi bo'lib kirish
Agar siz ushbu xizmatlarning birida ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, saytga kirishingiz mumkin:

Инструкция по авторизации через ESI.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech