1-apreldan 30-iyunga qadar Ravnaq-bank Visa bilan hamkorlikda aksiyani o‘tkazadi, unda 3 interval davomida savdo va toʻlov operatsiyalarini amalga oshirgan Visa kartalari egalari oʻrtasida Samsung sovrinlari oʻynaladi.
Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun:
1. Ravnaq-bank’ning Visa kartasi egasi boʻlishingiz kerak. (Agar sizda Ravnaq-bank’ning Visa kartasi boʻlmasa, Visa Classic Pay Wave kartasiga RBK-Mobile ilovamiz orqali buyurtma berishingiz mumkin, Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud).
2. Ko‘rsatilgan muddatda 30 AQSh dollari va undan ortiq savdo hamda to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish.
Aksiya amalga oshirilgan savdo va toʻlov operatsiyalari boʻyicha 3 intervalda oʻtkaziladi.
· 1-interval – 1-apreldan (00:00) 30-aprelgacha (23:59)
· 2-interval – 1-maydan (00:00) 31-maygacha (23:59)
· 3-interval – 1-iyundan (00:00) 30-iyungacha (23:59)
Bir martalik sarf-xarajat miqdoriga muvofiq karta egasi quyidagi sovrinli oʻyinlardan birining ishtirokchisiga aylanadi. Demak, sarflangan summa:
· 30 AQSh dollaridan 49,99 AQSh dollarigacha— Samsung Galaxy Buds 2;
· 50 AQSh dollaridan 99,99 AQSh dollarigacha—Samsung Watch 5;
· 100 AQSh dollaridan 149,99 AQSh dollarigacha— MI Essential elektr-skuter
· 150 AQSh dollari va undan yuqori – Samsung Galaxy S23
Kartadan 150 AQSh dollari va undan ortiq miqdorda bir martalik mablag‘ sarflagan holda, karta egasi barcha to'rt toifadagi sovrinlar o‘yinida ishtirok etadi.
*Aksiyada faqat “Ravnaq-bank” AJ brendi kartalari ishtirok etadi. Visa Payme, Beeline, Qiwi va Humans kobrend kartalari aksiyada ishtirok etishdan chetlashtiriladi.
Sovrinlar oʻyini har bir interval tugagandan so‘ng oʻtkaziladi. Gʻoliblar random.org tasodifiy raqamlar generatori orqali aniqlanadi. Sovrinlar o‘yinining butun jarayoni bankning Instagram’dagi rasmiy sahifasida jonli efirda namoyish etiladi.
Aksiyada 16 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin, “Ravnaq-bank” AJ xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari bundan mustasno.
Visa Classic Pay Wave kartasiga RBK-Mobile mobil ilovasi orqali buyurtma berishingiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab yetkazib berish xizmati mavjud va kartomatda 24/7 rejimida 2 daqiqada rasmiylashtirishingiz mumkin.
- RBK-Mobile mobil ilovasi orqali kartaga buyurtma berish boʻyicha qoʻllanma
- Kartani kartomatda chiqarish boʻyicha qoʻllanma
Batafsil ma’lumot uchun quyidagi raqamga bogʻlanishingiz mumkin:(+998) 71−202−33−33.
iOS va Android uchun RBK-Mobile ilovasini yuklab olish.
Sayt:ravnaqbank.uz
Telegram:t.me/ravnaqbank
Facebook:fb.com/ravnaqbank
Instagram:@ravnaqbank_uzb
Asosiysi - Visa Classic Pay Wave kartasiga buyurtma bering va biz uni uyingizga yetkazib beramiz yoki kartomat orqali chiqaring.